Chet elga sayohat qanchalik o’ziga xos gashti bo‘lsa-da, yangi yerga qadam bosgandan keyin, agar siz qoidalarni yaxshi bilmasangiz, u yer madaniy minalar maydoniga aylanishi mumkinligidan balkim xabariz bordir.
Oldindan izlanishlarsiz bilib bo’lmaydigan noyob madaniy odatlar haqida nima deyish mumkin?
Sizlar uchun Xayrlikun bugun sayohatdagi odamlarning chet elga sayohat qilishda foydali bo’ladigan hamda katta ehtimollik bilan yo‘l qo‘yishlari mumkin bo’lgan u yerning madaniyatiga to’g’ri kelmas xatolarining ro‘yxatini tuzdik.
1. Yaponiyada choy-chaqa uzatish!
Ko’p davlatlarda oddatda insonlar ularga xizmat ko’rsatgan insonlarga choy-chaqa uzatishga odatlanganlar.
Misol uchun, Amerikada ovqatlangandan so’ng ofitsiant uchun umumiy to’lovning 15% dan kam pul qoldirish qo’pol bo’lib tuyulishi mumkin – hatto ofitsiantingiz yuzingizga tupursa ham. Yaponiyada esa buning aksi. Menga ishoning: ofitsiantlar o’sha choy-chaqaga deb qoldirgan pullingizni qaytarib berish uchun sizni ko’chagacha ta’qib qilishadi.
2.Gretsiyada qo’lingizni silkitmang!
Aksariyat g’arbliklar, xususan biz uchun ham qo’l silkitish do’stona ishora kabi ko’rinadi va siz hech qachon noto’g’ri talqin qilinishini kutmaysiz.
Ammo Gretsiyada ehtiyot bo’ling. «Umuman olganda, siz qoʻlingizni koʻtarib, kimgadir “salom” deyishni tavsiya qilinmaymdi, chunki bu yunoncha “F-U” degan maʼnoni anglatadi. Xususan, haqoratli imo-ishora bildiradi deyishadi va odatda qo’lingizni ko’tarayotganda barcha besh barmog’ingizni cho’zishni o’z ichiga oladi.
3.Xitoyda sovg’a sifatida soyabon yoki soat berish!
Xitoyliklar irimchilik haqida gap ketganda ular juda qattiq e’tibor berishadi. Misol uchun, 8 raqami omad deb hisoblanadi, chunki u «boylik» yoki «omad» degan ma’noni anglatuvchi so’zga juda o’xshaydi.
Biroq, «soyabon» so’zi «ajralish» kabi eshitiladi va «soat» so’zi «hurmatsizlik» kabi eshitiladi, shuning uchun ularni sovg’a sifatida berish yaxshi emas. Balki xitoylik tanishlaringiz bordir, buni albatta so’rab ko’ring, ular ham tasdiqlashsa ajab emas.
4.Birovning boshiga tegish!
Agar yaqin do’stlaringiz yoki oila a’zolaringiz bilan birga bo’lmasangiz, Tailand kabi bir qancha Buddist mamlakatlarda birovning boshiga teginish qo’pol hisoblanadi.
Buning sababi shundaki, bosh tananing muqaddas qismi hisoblanadi. Birovning boshiga tegmaslik yoki sochlarini silkitishdan saqlash, bu Budda haykallari uchun ham xuddi shunday qildi degan ma’noni anglatadi.
5. Singapurda saqich chaynash ta’qiqlangan!
Oramizda ko’pchilikni balki xabari yo’qdir, Singapurda saqich sotish 1992 yildan beri noqonuniy hisoblanadi.
2004 yildan boshlab shifokor yoki ro’yxatdan o’tgan farmatsevtdan sotib olinishi mumkin bo’lgan terapevtik, stomatologik va nikotinli saqichlar uchun istisno mavjud. Ko’chada saqich tupurish 700 dollar jarima bilan jazolanishi mumkin!
6. Kiyim rangi
Ba’zi davlatlarda hatto kiyimingizning rangi ham xafa qilishi mumkin. Misol uchun, Malayziyada hech qachon sariq kiyim kiymang; chunki bu rang qirollik ramzi, faqat qirollar uchun ajratilgan.
Xitoyda siz o’lim bilan bog’liq bo’lgan oq rangni kiyishdan ko’ra omadli deb hisoblangan qizil rangni kiysangiz ularda yaxshiroq taassurot qoldirasiz.
Sayohat chog‘ida boshqa davlat madaniyatini o‘rganish – bu zavqning bir qismi – lekin oldindan yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaslik ba’zan tasodifiy huquqbuzarlikka olib kelishi mumkin.
Ushbu oltita madaniy me’yor ko’plab sayohatchilar tomonidan noma’lum, shuning uchun keyingi chet elga sayohatingizda ehtiyot bo’ling!
O’ylaymizki, bugungi maqola albatta sayohatlaringizda foydali bo’ladi! Va Xayrlikun tomonidan taqdim etilgan va etilayotgan boshqa foydali va qiziqarli maqolalarni o’qishda davom eting! #foydali #qiziqarli