Rivoyat – bu voqea va hodisalarni, inson faoliyatini ba’zan uydirmalar vositasida, ba’zan esa real tasvirlovchi og’zaki hikoyadir.
Bugun sizlarga Xayrlikun tomonidan qandaydir hikmatga ega, ibratli 6 ta rivoyatni taqdim qilmoqchi. Albatta bunday rivoyatlarni o’qib turish, va ulardan qandaydir o’ziga inson hikmat chiqara olishi insonning hayot faoliyati uchun juda foydali deb o’ylayman!
Muhammad Ibn Sulaymonning “Qissatu-l-ulamo” asaridan.
— Janob Bahlul, qanday mol sotib olsam, katta foyda ko’raman? — so’radi u.
— Temir va paxta sotib ol, — javob berdi Bahlul.
Savdogar uning aytganini qilib, juda katta foyda qildi.
Savdogar ikkinchi marta Bahlulni ko’rganida so’radi:
— Ey devona Bahlul, katta foyda qilish uchun qanaqa mol sotib olay?
— Piyoz va qovun sotib ol, — javob berdi Bahlul.
Savdogar yana Bahlulning aytganini qilib, piyoz va qovun sotib oldi, ammo o’sha yili havo issiq kelib, qovun va piyoz sasib ketdi, savdogar ularni daryoga oqizib yuborishga majbur bo’ldi. Natijada katta zarar ko’rdi.
Savdogar tezda Bahlulni qidirib topdi:
— Bergan maslahatingdan o’rgildim, nuqul zarar ko’rib, qarzga botdim-ku?! — dedi kuyunib u.
— Birinchi marta menga janob deb murojaat qilding, oliyjanoblik bilan javob berdim, ammo keyingi daf’a meni devona deding, men ham devonalarcha javob qildim, — dedi Bahlul.
Yapon rivoyati.
5. BIR TILAK BILAN JANNAT ESHIGI
Shunday rivoyat bor. Muso kunlardan bir kun yo’lda oyoq-qo’li yo’q, majruh bir odamni ko’rib qolibdi. O’sha odam undan o’zining taqdiriga jannat yoki do’zax yozilganini bilib berishni iltimos qilibdi.
Payg’ambar bu haqida Xudodan so’ragan ekan, osmondan: «U odamning oxirgi joyi do’zaxdir. Chunki umr bo’yi uni yemak-ichmakka muhtoj qilmadim, ammo u biron marta “Xudoga shukr” demadi» degan javob kelibdi.
Muso payg’ambar haligi odamga bor gapni aytibdi. Shunda u odam: “Bo’lmasa Xudoga ayt, men o’lganimda, tanamni shunaqa katta qilib yuborsin-ki, boshqa hech kimga do’zaxdan joy qolmasin”, debdi, xafa bo’lib. Keyin ma’lum bo’lishicha, o’sha sho’rlik odamlarga sog’ingan birgina shu ezgu tilagi uchun, jannatga loyiq ko’rilgan ekan…
© Tohir Malik
6. HIND RIVOYATI
Bir kuni Buddaning yoniga bir yigit kelib «Muhabbat bor narsami?», deb so’radi. «Ha, bor!», deb javob berdi Budda. Yana bir yigit kelib shu savolni so’ragan edi, u «Bo’lishi mumkin» deb aytdi. Yoniga kelgan uchinchi yigitga esa, «Yo’q, muhabbat yo’q narsa» degan javobni berdi.
Bu holni kuzatib, ajablanib turgan shogirdlari Buddadan bir savolga nima uchun uch xil javob berganini so’radilar.
⸺ Chunki bu bitta savolni uch xildagi odam so’radi, ⸺ dedi Budda jilmayib. ⸺ Holbuki, muhabbat bor. Lekin unga kimdir ishonch bilan, kimdir gumon bilan, yana kimdir inkor bilan erishadi.
© Hind rivoyati.
Agar rivoyatlar yoqgan bo’lsa va qandaydir foydasi tekkan bo’lsa biz xursand bo’lamiz albatta. O’z fikringizni kommetda qoldiring va boshqalar bilan ham ulashing bu maqolani. Rahmat!