O’qish davomida ko’pchiligimiz diqqatimizni jamlab samarali o’qishni xohlaymiz lekin ba’zilarimiz buni uddasidan chiqish biroz qiyin, ayniqsa mavzu qiyin yoki zerikarli bo’lsa. O’qish, uy vazifalarini tayyorlash maktabda o’qish dargohimizdagi eng sevimli ishimiz deya olmaymiz.
Lekin biz qat’iylik hissi bilan va ba’zi samarali o’rganish usullarini qo’llash orqali, hatto eng zerikarli mavzularni ham o’quv mashg’uloti davomida yuqori konsentratsiya bilan qilishimiz mumkin.
Bugun Xayrlikun sizlarga o’qish davomida diqqatingizni jamlashga yordam beruvchi ba’zi maslahatlarni tayyorladi!
Keyingi o’quv mashg’ulotlarida ushbu usullardan ba’zilarini sinab ko’rish orqali diqqatni qanday yaxshilashni o’rganishingiz mumkin.
1. O’qish uchun yaxshi muhit joy tanlash!
Umuman olganda, o’qish paytida iloji boricha chalg’itadigan narsalardan uzoqroqda hamda o’zingiz uchun qulay joy topish diqqatingizni jamlash uchun eng keraklisidir.
- Shaxsiy o’quv xona yoki kutubxona kabi tinch joy toping. Agar siz toza havoda o’qishni yoqtirsangiz, ko’chaga,toza havoga chalg’itadigan narsalardan xoli bo’lgan joyga boring!
- Shuni yodda tutishimiz kerak har bir kishi o’zi yoqtirgan o’quv muhitini afzal ko’radi. Ba’zilar jimlikda o’qishni afzal ko’rishsa, boshqalari oz moz shovqin bo’lishini ularni ko’proq konsentratsiya qilishga yordam beradi.
- Agar siz qanday o’qish muhiti sizga samarali yordam berishini bilmasangiz, turli muhitlarda tajriba o’tkazing, guruhda o’qish yoki yakkaxon o’qish, musiqa bilan yoki musiqasiz o’qish va hokazo. Va shunda siz qaysi muhitda diqqatni jamlash va samarali o’qishingiz mumkinligiz tezda namoyon bo’ladi.
2. O’qishga o’tirishdan oldin o’zingizga kerakli bo’lgan barcha narsalani tayyorlab oling!
Sizga kerakli o’quv materiallar, masalan, eslatma qog’ozchalari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, daftarlar va hamda o’qish paytida diqqatni jamlash va samarali bo’lishingiz kerak bo’lgan boshqa narsalar kiradi; bunga stakanchada suv va hokazo…
Barcha materiallaringiz qo’lingiz yetadigan joyda bo’lishi o’qiyotganingizda narsalaringizni olish uchun o’rningizdan turishga hojati bo’lmasligi kerak.
3. O’quv stolingiz tozami?! keraksiz narsalarni olib tashlang!
O’quv stolingizni kerak bo’lmagan materiallardan tozalang diqqatni jamlashni yaxshilash uchun faqat kerakli narsalaringiz qolsin. Atrofingizda diqqatni jamlashga to’g’ridan-to’g’ri halaqit beradigan har qanday materiallarni bo’lmagani maqul.
4. Agar qandaydir o’qishni boshlashga xohish yo’qdek his qilsangiz, o’zingizni ruhan tayyorlash uchun 1 daqiqa vaqt ajrating!
Bazan o’qishga bo’lgan xohish kelib stulga o’tirib diqqatni jamlavolish qiyin bo’ladi, shunday holatda o’zingizni ruhiy jihatdan tayyorlashga bir daqiqa vaqt ajrating.
Soat taymerini bir daqiqaga o’rnating va o’zingizga taymer o’chganida o’qishni boshlashayman, deb ayting. Shunda, siz daqiqaning oxirida o’qishga kirishish ehtimoli ko’proq bo’ladi. Bu usulni nafaqat o’qishda balki boshqa ishlarni boshlashga motivatsiya topolmagan paytingiz ishlatishingiz mumkin, juda samarali usul.
Bu usul sizni o’qishga kirishishda to’sqinlik qilayotgan qarshiliklarni yo’q qilib ruhan tayyorlaydi!
5. Telefoningizni ovozsiz rejimga qo’ying va uni xonaning boshqa tomoniga qo’ying!
Agar sizda smartfon bo’lsa, u qanchalik sizni chalg’ita olishini bilasiz. Facebook, Twitter, Telegram kelgan xabarlar va hakozo.
Shunday qilib, o’qishga o’tirishdan oldin, telefoningizni ovozsiz rejimga qo’yib, uni o’zingizdan uzoqroqqa joylashtirganingiz ma’qul. Yaxshisi, uni xonaning boshqa chetiga qo’yishingiz kerak. Shunday, o’qish paytida sizni telefon qo’ng’iroqlari yoki SMS xabarlari chalg’itmaydi. Tanaffus qilganingizda har 30 yoki 45 daqiqada telefoningizni tekshirishingiz mumkin.
6. O’qish davomida tanaffuslar olish!
Tadqiqotlar qayta-qayta ko’rsatib turibdiki, o’quvchilar muntazam tanaffus qilsa, unumdorlik oshadi. Uy vazifalari yoki o’qishingiz kerak bo’lgan materiallarni bo’limlarga bo’lish orqali siz diqqatni jamlashingiz va zerikib qolishni oldini olishingiz mumkin. Har 50 daqiqalik qattiq o’qish uchun stolingizdan 10 daqiqalik tanaffus qiling. Tashqariga toza havoga chiqasizmi yoki biroz mashq qilasizmi, shunga o’xshash miyyani dam olishiga yordam beruvchi biror nima qilish. Ya’ni 50 daqiqalik o’qish 10 daqiqa tanaffus.
O’qish paytida diqqatni jamlash deyarli barcha talabalar bilan qiyin, Ammo diqqatni jamlashga yordam beradigan ko’p usullar mavjud.
Ushbu maqolada aytib o’tilganidek, ongingizning kuchini ishga solish va uni sizga qarshi emas, balki siz bilan ishlash uchun ko’plab usullar mavjud.
Shuning uchun, ushbu maqoladan kamida bir nechta diqqatni jamlash bo’yicha maslahatlarni oling va ularni bugundan boshlab kundalik ishingizga kiriting.
Agar shunday qilsangiz, o’quv mashg’ulotlaringiz yanada samarali va qiziqarli bo’lishini bilib olasiz!
Albatta siz o’qishda konsentratsiyani yaxshilash uchun qanday usullardan foydalanishingiz biz uchun ham qiziq, albatta izohda yozib qoldirishni unutmang!
2 Responses