Erta uyg’onish sog’liq uchun ijobiy foyda keltiradi, jumladan yaxshiroq konsentratsiya, uzoq davom etadigan energiya va boshqalar. Mana sizga erta turishingizda yordam beradigan oltita oddiy maslahat!
Erta uyg’onish ba’zi bir majburiyatlarni talab qiladi, lekin amalga oshirib bo’lmas ishni o’zi yo’q. Bu maqolani o’qib, masalahatlarga quloq solsangiz balki ertadan siz erta uyg’onish odatini shakillantirishni boshlashingiz mumkin!
Erta uyg’onish odatiga ega bo’lishingizga yordam beradigan oddiy maslahatlar:
1. Uyqu vaqtini ertaroq belgilang!
Tanangizni erta uxlab qolishga o’rgatish har kuni ertalab tezroq turishingizga yordam beradi. Aksariyat o’spirin yoshdagilar har kecha yetti soatdan to’qqiz soatgacha uxlashni maqsad qilib qo’yishlari kerak – undan kamroq uyqu erta uyg’onish bilan kurashishingizga olib kelishi mumkin.
2. Uxlashga yotishdan oldin mobil aloqalardan foydalanishni to’xtating!
Uxlashdan taxminan 30 daqiqa oldin smartfon va noutbuklarni “o‘chirish” tungi uyquni yaxshilashga yordam beradi. Ba’zi ma’lumotlariga ko’ra, ekrandan chiqadigan ko’k chiroq tanangizdagi tabiiy melatonin darajasini o’zgartirishi mumkin va uxlab qolishni qiyinlashtiradi. Hech qanday mobil qurilmalardan foydalanishlarsiz erta uxlash, ertasi kuni sizni yaxshi kayfiyatda va energiya bilan turishni ta’minlaydi.
3. Qandli energetik ichimliklar va qahvalardan saqlaning!
Energetik ichimliklar va qahva(kofe) sizga tunni tetik holda davom ettirish uchun zarur bo’lgan qo’shimcha kuchni berishi mumkin, ammo yotishdan oldin ko’p miqdorda shakar yoki kofeinni iste’mol qilish uxlab qolish va uxlab qolishni qiyinlashtirishi mumkin. Qandli gazlangan ichimliklar, energetik ichimliklar va qahva iste’molini cheklash sog’lom uyqu odatlarini shakillanishi isbotlangan. O’zingizda namlikni saqlab qolish uchun yotishdan oldin suv yoki choyga o’tishga harakat qiling.
4. Telefon ovozsiz rejimiga qo’ying!
Yotishdan oldin telefon jiringlashini o’chiring yoki «bezovta qilinmasin» rejimini yoqing. Bildirishnomalar sizni yarim tunda uyg‘otishi va telefoningizni tekshirishga vasvasaga solishi mumkin, bu esa uyqu davringizni buzadi. O’sha matnli xabar yoki kulgili mem ertalab ham bo’ladi, shuning uchun o’zingizga maroqli uxlashingiz uchun yotishdan oldin aloqani butunlay uzing.
5. Pardalaringizni ochiq holda uxlang!
Yotishdan oldin pardalarni biroz ochiq qoldiring. Shunday qilib, quyosh nuri ertalab derazadan oqib o’tishi va tabiiyroq uyg’onishingizga yordam beradi. Quyoshli kunlarda bu samarali strategiya bo’lishi mumkin.
6. Budilnikni xona bo’ylab joylashtiring!
Budilnikni kechiktirmaslik uchun telefoningizni yoki budilnikni yotgan joyingizdan uzoqroq tomonga qo’ying. Shunda, budilnik ovozi eshitilganda, uni o’chirish uchun yotgan joyizdan turishga majbur bo’lasiz. Budilnikni o’chirishga harakatingiz, sizni o’z vaqtida turishingiz yordam beradi.
Tanggizni erta uyg’onishga o’rgatish vaqt talab etadi, shuning uchun ertadanoq ertalab soat 5 da uyg’onishingizni kutmang. Erta uyg’onishni amalga oshirish uchun kun tartibiga kichik o’zgarishlar kiritib ko’ring, masalan, ertaroq uxlash vaqtini belgilash, budilnik (uyg’otuvchi soat) o’rnini o’zgartirish yoki yotishdan oldin gazak va shirin ichimliklardan voz kechish. Ushbu kichik o’zgarishlar bilan tanangiz oxir-oqibat erta turish odati shakillanishiga yordam berishingiz mumkin.
2 Responses
juda zur maslahat ekan.
Зур Энди синаб кураман