Uyda va hayotda sizga asqotishi mumkin bo’lgan 9ta maslahat

Tuz va kartoshka

 

Yoshligimda buvim bilan yashash davomida, muammolarni qanday qilib osongina yechish yo’llarini o’rgatar edilar. Har qanday muammo bilan uning oldiga keling va yechim uning oshxonasining shkafida bo’lardi. Yaxshiyamki, shu davr davomida uyda foydalanishimiz mumkin bo’lgan ba’zi ajoyib sirlarni bilib olish imkoniga ega bo’ldik.

 

Bu yerda Xayrlikun da buvimdan o’rgangan, oshxonada  sizga ancha asqotishi mumkin bo’lgan ajoyib foydali maslahatlarni siz bilan baham ko’rmoqchimiz, chunki bu ancha yillardan beri bizga foyda berib kelmaoqda:

1. Asalning tarkibini aniqlash!

 

asal tarkibini aniqlash

 

Agar asalingiz tarkibida shakarli aralashmalar bor yoki yo’qligi haqida shubhangiz bo’lsa, uni kraxmal yordamida sinab ko’rishingiz mumkin.Ehtimol, kraxmalni oshxona kabinetingizning biron bir joyida topishingiz mumkin.Bajarishingiz kerak bo’lgan narsa – bir qoshiq asalga ozgina kraxmal sepib, keyin kutib turing va tomosha qiling.Agar kraxmal asalga botib ketsa, unda bu asalda ko’proq shakarli aralashmalar mavjud.Agar kraxmal sirtda qolsa, unda bu asal kamroq miqdorda shakarli aralashmalarni o’z ichiga olgan bo’ladi.

2. Quritilgan choy barglari yordamida gilam chang va hidini yo’qotish!

 

Quruq, ishlatilgan yashil choy barglarini tozalash uchun chiriyotgan, iflos gilamlarga seping. Choy barglarini changyutkich yoki supurishdan oldin 20-60 daqiqa davomida sepilgan holatda tashlab qo’ying. Choy barglari nozik fors va sharq gilamlarini bezash uchun ham ishlatilgan. Bunday holatda gilamchalarga deyarli quritilgan, butun choy barglarini seping va keyin ularni muloyimlik bilan supurib tashlang.

3. YeryYong’oq kremi (yog’i) yordamida sochlardan saqichni olib tashlash!

 

Saqichni olib tashlash

 

Yoshligimizda barchamizda shunday kunlar bo’lgan kechqurun saqich bilan uxalb qolib ertasi kuni sochingizga yopishib qolgan va natijada yopishib olgan saqichni olib tashlash uchun sochingizni oz miqdorda olishingizga sabab bo’lgan. Endi esa siz bu muammoni osongina hal etishingiz mumkin.  Buning o’rniga, saqichga bir oz yeryong’oq moyini surting va bir necha daqiqa kuting. Yong’oq moyining yog’li tarkibi saqichni darhol olib tashlaydi. Shundan so’ng siz sochlaringizni an’anaviy tarzda yuvishingiz mumkin. Qaniydi buni oldinroq bilganimda edi deydiganlar topilsa kerak a, keyingi maslahatlar bundanda foydaliroq bo’lishi mumkin!

4. Og’izni yuvish vositasi bilan gullaringizni yana jonlantiring!

 

Gul umrini uzaytirish

Gul vazangizni 4 litr toza suv bilan to’ldiring va bir osh qoshiq og’iz yuvish vositasini quying va aralashtiring. Gullarni egilgan holatda kesish uchun toza qaychidan foydalaning, so’ngra yangi uzilgan gullaringizni vaza ichiga soling. Bakterial tarqalishining oldini olish uchun toza qaychidan foydalanishni unutmang. Og’iz yuvish vositasi gullarning parchalanishini tezlashtiradigan mikroblarni o’ldirishga yordam beradi. Natijada, sizning gullaringiz uzoqroq umr baxshida etadi.

5. Shishalarni qum va suv bilan tozalash!

 

Bu usulni deyarli oramizdagi ko’p insonlar bilishi mumkin lekin hali xabari yo’q insonlar ham topilsa kerak. Odatda shishalarning ichki qismini tozalash juda qiyin lekin buni qum va suv aralashmasi yordamida yuvish mumkin. Qattiq chayqalishdan so’ng, qo’pol aralash erishish qiyin bo’lgan barcha joylarni tozalaydi. Faqat shishani suv bilan yuvib tashlang va keyin uni havoda quriting.

6. Yomon hidlarni yeryong’oq moyi (kremi) bilan yo’qotish!

 

Yeryong'oq kremi

Yeryong’oq moyi sizga yana bir narsada asqotishi mumkin. Butun oshxona odatda baliq kabi narsalarni qovurgandan keyin dahshatli hidlanadi. Oddiy yechim – hidni yo’qotish uchun yeryong’oq moyidan foydalanish. Yong’oq moyini yuqori olovda bir yoki 2 daqiqa davomida pishiring. Yomon hid yeryong’oq moyi tomonidan tez so’riladi. Bundan tashqari, u uyingiz atrofida yanada yoqimli yeryong’oq moyi hidini tarqatadi. Va siz uyingizni yomon hidlanishdan bartaraf bo’lishingiz mumkin.

7. Oq ko’ylaklardagi siyoh dog’larini tatar yordamida olib tashlash!

 

Siyoh bilan dog'ni olib tashlash

Endi siz yuvsa ketishi qiyin bo’lgan dog’larni olib tashlash uchun qimmat bo’lgan dog’larni tozalash vositalariga pul sarflashingiz shart bo’lmaydi. Buvimning so’zlariga ko’ra, bunday dog’larni siz sizning uyingizda allaqachon bo’lgan vosita yordamida olib tashlash mumkin. Oq ko’ylakdan siyohni olib tashlash uchun matoni sovuq suv bilan namlang va yuvishdan oldin tartar kremi va tuzni  qo’llang. Tatar va tuzning kimyoviy xossalari ko’ylakdagi siyohni olib tashlaydi. Ajoyib a shunday emasmi!

8. Oyoq kiyimidagi hidni qora choy paketi bilan yo’qotish!

 

Oyoq kiyim hidini yo'qotish

Qora choy paketini sinab ko’ring. Qora choy paketlarida bakteriyalarni o’ldirishga yordam beradigan moddalar mavjud. Oyoq kiyimingizga qora choy paketini qo’yish, bakteriyalarni o’ldirish orqali hidni yo’qotish mumkin.
Ishlatishdan oldin choy paketini bir oz qaynoq suvga solib qo’yishingiz kerak. Choy paketini qaynoq suvga botirgandan so’ng, uni olib tashlang va 5 daqiqaga qoldiring. Ikkala poyabzalga ham choy paketini qo’ying. Choy paketlarini bir soatga qoldiring. Choy paketlarini olib tashlang va siz oyoq kiyimni yuvmasdan hidning kamayganini sezishingiz mumkin! sinab ko’ring albatta

9. Tuz va kartoshka yordamida kuygan qozonlarni tozalash!

 

Tuz va kartoshka

 

Agar siz da qoraygan qozonlar bo’lsa endi tashvishlanishingizga hojat yo’q. Idishga ozgina tuz qo’shishingiz mumkin. Bir oz kutib turing, so’ngra kuygan joyni silash uchun yarimga bo’lingan kartoshkadan foydalaning. Idishni suv bilan yuving va agar kerak bo’lsa, bu jarayonni yana bir bor takrorlang.

Sizningcha, siz bilgan birorta foydali sirlardan birini aytmadikmi? Sizning oilangizda foydali bo’lganlarni bilasizmi? Quyidagi izohlarda ularni biz bilan baham ko’ring.

 

One Response

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qiziqarli maqolalar