Uxlash holati: Qanday qilib sog’lig’ingizga zarar yetkazmasdan o’zingiz yoqtirgan holatda uxlash kerak

Uxlash holati

 

Hammamizda bo’lsa kerak o’zimiz yoqtirgan holatda uxlasak ertasi kuni qayerimizdir orib qoladi, shunday emasmi?! Shifokorlarning ta’kidlashicha, sizning o’z yoqtirgan holatda uyquingiz bu sizning sog’lig’ingiz bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin. Lekin ayni paytda, sog’ligingizga zarar yetkazmaslik uchun uxlash holatingiz (pozitsiya) ni o’zgartirishingizga hojat yo’q, faqat ba’zi tuzatishlar kiritsangiz bo’ldi.

 

Xayrlikun qanday qilib sog’ligingizga zarar yetkazmasdan o’z yoqtirgan pozitsiyangiz (holat) da uxlash mumkin ekanligi bo’yicha mutaxassislarning tavsiyalarini to’pladi.

Yon taraflama uxlash holati

Yon taraflama uxlash

Olimlar , agar biz yon taraflama uxlasak, miya omurilik suyuqligi har xil zararli moddalardan yaxshiroq xalos bo’lishini aniqladilar. Bu bosh og’rig’ini hamda  Alzgeymer va Parkinson kasalliklarini bo’lish xavfini ancha kamaytiradi. Bundan tashqari, chap tomonda uxlash yurak urishini yengillashtiradi, ammo jigarga bo’lgan bosimni oshiradi.
  • Ovqat hazm qilish tizimi bilan bog’liq muammolar bo’lsa, shifokorlar chap tomonda uxlashni tavsiya qiladilar. Bu qon oqimini yaxshilashga yordam beradi, ichak va oshqozonni yengillashtiradi.
  • Yon taraflama uxlayotganingizda orqangizni tekis ushlab turish uchun oyoqlaringiz orasiga qattiq va kichik yostiq qo’ying: bu bo’g’imlarga bosimni kamaytiradi. Boshingiz ostiga yumshoq va katta yostiq qo’ying.
  • Yuqori qon bosimi va qon aylanishi bilan bog’liq muammolar bo’lsa, o’ng tomonda uxlash tavsiya etiladi: bu yurakdagi bosimni pasaytiradi.

Agar tepaga qaragan holda uxlasangiz

uxalsh pozitsiyasi

 

Orqa miya va bo’g’imlar bilan bog’liq muammolar mavjud bo’lsa, tepaga qarabuxlash eng yaxshi holatdir. Bu holat shuningdek, yurak urishi va ajinlar paydo bo’lishining oldini oladi. Ammo burun bilan bog’liq muammolar, yuqori qon bosimi yoki xurrak otishning paydo bo’lishiga sabab bo’luvchi eng yomon uxalsh pozitsiyalardan biridir.

 

  • Xurrak otishdan xalos bo’lish uchun va yuqori nafas yo’llari to’g’ri holatda bo’lishi uchun «sovun» shaklidago  yostiqdan (yoki bo’yin ostidagidagi kichkina yostig’dan) foydalaning.
  • Agar burun oqsa, boshingizni ko’tarish uchun bir nechta yostiqdan foydalaning. Bu shilliq qavatning sinuslarda qolishiga yo’l qo’ymaydi ( baland yostiq natijasida vujudag kelgan burchak juda katta bo’lmasligi kerak, chunki u bo’yningizga zarar etkazmaydi).
  • Orqa va bo’g’imlar og’rig’i bo’lsa, bo’yningiz ostiga kichik yostiq, tizzangiz ostiga katta, lekin tekis yostiq va belingiz ostiga o’ralgan sochiq qo’ying. U umurtqa pog’onasini qo’llab-quvvatlaydi va normal qon oqimini ta’minlaydi.

Pastga qarab uxlash holatida

qorin bilan uxlash

 

Yaponiyalik tadqiqotchilar yuzini pastga qaratib uxlash qon bosimini pasaytirish, ovqat hazm qilishni yaxshilash, xurrak va noto’gri  yurak urishidan xalos bo‘lishga yordam berishini aniqlashdi.

  • Orqa miyani haddan tashqari egilishdan himoya qilish va pastki orqa tarafdagi bosimni kamaytirish uchun oshqozon va tos bo’shlig’i ostiga kichik yostiq qo’ying. Boshingiz ostidagi yostiq tekis bo’lishi kerak yoki bo’yningizda og’riq vujudga kelmasligi uchun uni olib tashlashingiz mumkin.

Homila holati pozitsiyada uxlash

uxlash holati

 

Tizzalarni iyakgacha baland ko’targan holat uxlash qulay bo’lishi mumkin, ammo bu bizning orqa a’zolarga zarar yetkazishi mumkin. Diafragma bilan nafas olishni cheklaydigan bu egri holatda uxlash sizni xurrakni oldini oladi, ammo agar sizda astma kabi nafas olish bilan bog’liq muammolar mavjud bo’lsa, bu uyqu holatidan butunlay voz kechish tavsiya etiladi.

 

  • Orqangizni tekislash uchun oyoqlaringiz va qo’llaringiz to’g’ri holatda ekanligiga va ko’kragingiz «erkin» ekanligiga ishonch hosil qiling. Bitta katta va yumshoq yostiqni oyoqlaringiz orasiga, ikkinchisini esa tirsaklar orasiga qo’ying. Shifokorlarning fikricha, boshingiz ostiga qo’yish uchun eng zo’r yostiq bo’yningizni ushlab turadigan kichik, ammo shishgan yostiqdir.

 

Siz o’zingizning yoqtirgan uxlash holati qanday?! va biz aytgan tavsiyalarni qo’llab uxlaysizmi?! javoblaringizni izohda kutib qolamiz

One Response

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qiziqarli maqolalar