Bugun Xayrlikun sizlarga qisqa lekin keraklicha ibrat olsa bo’ladigan kichik hikoyalarni taqdim etadi.
Bu hikoyalar sizni hayotda fikrlashga, kerakli xulosalar qilishingizga yordam beradi!
1. Qo’limdan kelgani shu…
O’rmon mudxish tezlikda yonardi. Kichkinagina chumchuk yo’lidagi guldan panjalari bilan suv olib, o’rmon ustiga uchdi va tag’in daryoga shoshdi. Shunda o’rmonning yonishini kuzatib turgan hayvonlardan biri kulib baqirdi.
– Hey, o’rmonni bir tomchi suv bilan qutqaraman deb o’ylayabsanmi? –
Chumchuq javob berdi:
— Nima qilay axir, mening qo’limdan keladigani shu. Men harholda qo’limdan kelganini qilyapman…
Xulosa: O’rmon yong’inini – davlatimizdagi muammolar desak, agar har bir inson davlatimizni rivojlantirish uchun qo’lidan kelgan ishni qilsa, amminman davlatimiz rivojlangan davlatlar orasiga tez orada kira oladi.
2. Cho’pon va futbolchi
– Dada, futbolga qiziqaman. Koptok olib bering.
– O’g’lim, qachon o’yinqaroqliging qoladi? Katta yigit bo’lib qolding. Uyat emasmi? yaxshisi bor qo’ylarga yem ber.
– Dada, buyurgan ishlaringizni bajardim. Endi futbol o’ynagani chiqsam maylimi?
– O’g’lim foydali ish bilan shug’ullansang bo’lmaydimi? Kim seni yaqinda maktabga chiqadi, deydi? Yaxshisi, bor, mollarni o’tlatib kel.
Oradan yillar o’tib, bolakay yaxshi cho’pon bo’lib yetishdi. Otasi esa choyxonada har kuni og’iz ko’pirtirib, milliy terma jamoamizda yaxshi futbolchi yo’qligini iddao qilib o’tiribdi.
Xulosa: Biz insonlar shundaymiz nimanidir yaratish imkoni bo’lsada, qilmasdan nuqul boshqadan kutib nolishni bilamiz xolos
3. Xristafor Kolumb va xasadgo’ylar
Yangi qit’a kashfiyotchisi Xristafor Kolumbga xasad qiladiganlar ko’p edi. Xasad bor joyda albatta g’iybat bo’ladi. Dengizchi bir gal qovoqxonaga kirsa, bir to’da alamzadalar yana Kolumbning tomorqasiga tosh otishayotgan ekan:
– Dengizdan suzib o ‘tib,quruqlikka borish nima degan gap? Buni biz ham qila olamiz!
Xristafor ular o’tirgan stol yaqiniga boradi va qovoxona egasidan bir dona pishmagan
tuxum so’rab oladi.
– Janoblar, sizlar uddaburon va donosizlar. Bunga shubha yo’q. Qani, mana shu
tuxumni tik turg’azib beringlarchi!
G’iybatchilar guruhi har qancha urinmasin, bu ishni uddalay olmaydi.
– Bo’ldi, ‘zing qil-chi!- deyishadi nihoyat.
Kolumb tuxumni oladida, sekinlik bilan «tirs» etkazib stolga uradi. Tuxumning uch qismi
biroz pachoq bo’ladi va u tik turib qoladi.
Favqulodda holatni kutayotgan g’iybatchilar birdaniga guvrab yuboradi:
– Ee, shuyam ishmi? Buni biz ham qilaolamiz!
– To’g’ri, deb javob beradi mashhur dengizchi.
– Faqat Kolumbdan keyin…
Xulosa: Hayotda shunday insonlar ko’p qo’lidan kelmasada birovni qilgan ishini muhokama qilib, oson ish ekanligi qila olishlari haqida dong urush bilan band. Har bir ishning o’z mashaqqati bor, nimaidir fikr bildirishga shoshilmang!
4.Chin Muhabbat
Yigit mototsiklni katta tezlikda uchirib ketyapti.
Qiz:
– Iltimos, men qo’rayapman, to’xtating!
Yigit:
Yo’q, axir bu nihoyatda zavqli-ku.
Qiz:
– Men zavqli tomonini ko’rmayapman. Iltimos, sal sekinlating!
Yigit:
– Ayt, meni sevasanmi?
Qiz:
– Ha, sizni sevaman! Endi to’xtating!
Yigit:
– Endi meni qattiq quchib ol va ko’zlaringni yum!
Qiz yigitning aytganini qildi. Biroz vagt o’tgach, yigit yana qizga so’z qotdi:
Boshimdagini yechib, o’zing kiyib ol U menga xalaqit qilyapti.
Ertasi kuni gazetalarda maqola paydo bo’ldi:
Boshqaruvni yo’qotgan mototsikl to’rt qavatli bino yonida halokatga uchradi. Bu baxtsiz
hodisa tufayli mototsikldagi ikki kishidan biri omon qoldi.
Voqea bunday bolgandi: Yarim yo’lda yigit mototsikl tormozi ishdan chiqqanini fahmladi. U
sevgilisiga bildirmay, so’nggi marta uni sevishini aytishini va qattiqroq quchishini iltimos qildi
O’z hayoti evaziga qizni o’limdan asrab qolish uchun boshidagi temir kaskani kiyishga
majburladi.
5. Aqilli va Ahmoq odamni farqi
Tog’ yonbag’rida bir donishmand yashab, u juda kamgap edi. Bir kuni uning oldiga yosh yigit keldi.
– Menga aqlli bilan, ahmoqning o’rtasidagi farqini ko’rsating, – dedi u donishmandga. Donishmand yigitga bir muddat qarab turdo. Keyin esa, qo’li bilan ma’lum bir uzoqlikdagi qoyadan dumalab tushgan toshlarni ko’rsatdi.
– Bunda senga shu toshlar yordam beradi. Ularni qoya tepasiga tashib chiq. Yigit «ho’p» deb, ishga kirishdi. Keyin qabarib, terga botib, ancha vaqt shu toshlarni tashish bilan band bo’ldi. Nihoyat ishni bitirgach, kelib:
– Tashib bo’ldim, – deb aytdi. – Lekin hech narsani tushunolmayapman, ularni aynan nima uchun tashidim? U qanday qilib mening savolimga javob topib berishi mumkin?
– Mana shu ahmoq bilan aqllining o’rtasidagi farqdir, – dedi donishmand.
– Aqlli bu haqida toshni tashishdan oldin o’ylab ko’rgan bo’lardi.
6. Podachining tilagi
Podachi poda boqib yurganida bir buzog’i yo’qolib qoldi. Hammayoqni qidirib chiqdi, lekin topolmadi.
– O, tangri Zevs! – dedi u. – Agar buzog’imni o’g’irlagan o’g’rini topsam, senga bag’ishlab uloq so’yaman!
So’ng yurib, tasodifan quyuq daraxtzorga kirdiyu, yo’qotgan buzog’ini bir sher g’ajiyotganini ko’rdi. Bundan qattiq vahimaga tushib, tag’in ikki qo’lini ko’kka cho’zdi:
– O, Zevs! O’g’rini topsam uloq qurbon qilishga va’da bergandim, fikrimdan qaytdim; endi agarda shu o’g’ridan jon saqlab qololsam, senga bag’ishlab ho’kiz so’ygum!
Xulosa: Axtargan hamma narsangiz ham tasavvuringizdagiday bo’lib chiqmasligi mumkin. Topgach afsuslanadigan narsangizni hech qachon qidirmang;
Bayram Ali tarjimasi
7. Ikki qor parchasining bahsi
Osmondan ikkita qor parchasi yonma-yonlikda tushib kelishar edi.
– Uchish qanchalar yaxshi, to’g’rimi? – deb so’radi ulardan biri.
– Yo’q, – dedi bunga javoban ikkinchisi.
– Uchmayapmiz, axir biz qulayapmiz!
– Lekin yaqinda qo’namiz va birodarlarimiz bilan bir butun qatlamga aylanamiz…
– Qo’ysang-chi… Pasda halok bo’lamiz, bizni oyoq-osti qilishadi!
– Oyoq osti bo’lmaymiz, kunlar iliganda oqar suvga aylanishimizni, hatto daryogacha oqib borishimiz mumkinligina o’ylab ko’rgin…
– Hecham – da! Suvga aylanarmishmiz!…
Erisak ham loyqa suvga aylanamiz, hamda behuda yo’q bo’lib ketamiz!…
Ular shunday baxs bilan yergacha yetib kelishdi. Keyin… keyin esa har ikkisi o’z tasavvuridagi taqdirni kutib oldilar.
Kichik hikoyalar lekin insonlar o’zi uchun juda kerakli xulosalarni chiqara oladi degan umiddamiz!
Hurmatli kuzatuvchilar agar yoqqan bo’lsa komment qismida fikringizni qoldiring va boshqalar bilan ham ulashing! Yana shunday hikoyalar xohlasangiz, kommentda bildirib o’ting… Xayrlikun #ibratlihikoyalar
56 Responses
Ajoyib va foydali hikoyalar ekan òqib chiqdim 👍
Menga yoqdi ajoyib hikoyalar ekab
Menga rivoyat va hikoyalar juda yoqdi
Omad👍🏻
Hammani fikriga qo’shilaman juda juda juda juda juda ma
juda yaxshi hikoya ekan yana hikoyalar joylang
Yaxshilik va yomonlik
Juda zoʻr
Ajayim va qiziqarli hikoyalar ekan
Rahmat.Juda ham yaxshi va ma’noli hikoyalar ekan.Kotta rahmat.
Zõr gap yõq omad
rahmat.yana ham manolilaridan bólsa yaxshi bólardi.dunyo vaqt haqida bólsa.oldindan rahmat🤗
maʼnoli hikoyalar ekan biroz qisqa ekanda sal koʻproq hikoya boʻlsa yaxshi boʻladi
xaqiqatda zor
Hikoyalar qisqa bo’lsa ham ibratli hikoyalar ekan sizlardan yangi hikoyalarni kutib wolsmiz
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍😌😌😌😌😌😌😌😌🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩
Assalomu alekum! Judayam ajoyib hikoyalar,ibratli va mazmunli.
buxoro
Juda maroq bilan oʻqidim mazmunli maʼnoli ekan rahmat kattakon kim yozgan boʻlsa ham
Zoʻr hikoyalar ekan👍
Juda yaxshi hikoya ekan yana koproq hikoyalar joylang
Assalomualaykum.Kattakon rahmat,bu hikoyalar menga juda yoqdi
Assalomualaykum.Bu hikoyalar insonni chuqur fikrlashga undar ekan.
Yana shunday hikoyalar ko’payaversin. Juda ibratli hikoyalar ekan
zur gap bo’lishi mumkin emas
ko’proq chiqaringlat
Juda yaxshi va mazmunli
Assalomu alaykum juda zoʻr Rahmat maʼnoli
Har bir hikoya qisqa ammo ichi toʻla mazmun. Magʻzini chaqa bilan odam bu hikoyalarni yanada yaxshi tushunadi, anglaydi. Omad 😊👍
Menga ham juda yoqdi.
ZOR Hikoya EKAN
Menga yoqdi yaxshi va ibratli hikoyalar ekan
Juda ham ajoyib
yaxshi ekan ammo shularni qismlarga bo’lmay to’liq qilib chiqarish kerak edi
Mazmunli va qiziqarli hikoyalar ekan menga juda yoqdi
Menga ham juda yoqdi.
Ajoyib
Yaxshi hikoyalar ekan oqib chiqdim rahmat
haa haqiqatdan ham juda mazmunli ekan raxmat
ajoyib hikoyalar menga juda yoqti raxmat
Alloh rozi bo’lsin…Ajoyib hikoyalar ekan
Rahmat!
It’s good, thank you
Yaxshi mazmunli va maʼnoli boʻlibdi .Kattakon raxmat
Yaxshi
Hikoyyalar qisqa va juda tásirli ekan. Tarbiyaviy ahamiyatga molik. Raxmat kattakon
Chindan ibratli ayniqsa podachi to’risidagi menga juda yoqdi ayni vaziyatimga hosbva mos xulosa chiqazdim
Zor raxmat
Manga CHIN MEHABBA juda yoqti va tasirli hikoyaga gapyo😍🫡🥲
Xõr gap yõq omad
Raxmat men hammasini uqib chiqdim va o’zimga keraklisini topib yozdim
Juda zor🖐 beshdan besh qoydim ekin menga eng yoqmagani xasad goylar boldi
zõr
ibrohim jon
begabod
Zo‘r chiqipti rahmat
Asila